Kamondan otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida chempionat start oldi
Sport
−
01 aprel 2019
3675Bugun Samarqand shahrida kamondan otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.
MOQ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida tashkil qilinayotgan mazkur Respublika birinchiligida 100 dan ziyod yosh merganlar o‘z mahoaratini namoyish etishadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, kamonchilar 70 metr uzoqlikdagi masofada jamoaviy va mikst yo‘nalishida bahslashadi. Musobaqada mezbonlardan tashqari Farg‘ona, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent shahri va viloyati vakillari ham ishtirok etishmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur chempionat 3 aprelgacha davom etadi. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar qit’a va jahon birinchiliklarida O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi.
LiveBarchasi