Kamola Mahmudova og‘ir kasallikdan vafot etdi
Jamiyat
−
27 Sentyabr 2024 176376 1 daqiqa
Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan saraton xastaligi tufayli 48 yoshida London shahrida vafot etdi.
Kamola Mahmudova 1976 yil Toshkentda tug‘ilgan. U Khan Academy, Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabi bir qator ta’lim, ijtimoiy va xayriya loyihalarining tashabbuskori va faol ishtirokchisi edi.
U Clare universitetida biznes boshqaruvi bo‘yicha o‘qigan va hozirgacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Ozarbayjondagi rahbari bo‘lib kelayotgan edi. Kamola Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, jumladan, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi Xalqaro muvofiqlik assotsiatsiyasi va ACAMS’ning Yevrosiyodagi bo‘limi asoschisi bo‘lgan. 2020 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev uni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan. “O‘zbekistonlik” filmining xorijda muvaffaqiyat qozongan o‘zbeklar haqidagi epizodlaridan biri Kamola Mahmudovaga bag‘ishlangan.
Marhuma Kamola Mahmudovaning dafn marosimi bugun, 27 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova vafot etgandi. U o‘zining “O‘lsam janozamni bulbul o‘qisin” she’ri bilan tanilgan edi. U o‘z vaqtida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, mehribonlik uyi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr