“O‘lsam janozamni bulbul o‘qisin” she’ri muallifi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
15 Sentabr
106501O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova bugun, 15 sentyabr kuni 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Bibisora Turobova 1952 yilning 1 sentyabr kuni Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha ta’lim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagogika institutida ta’lim olgan.
O‘z vaqtida Bibisora Turobova Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, mehribonlik uyi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1990 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. 10 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, “Kelinsalom” va “Men izlagan quvonch” she’riy kitoblari katta e’tibor topdi. Uning “O‘lsam janozamni bulbul o‘qisin” she’ri juda mashhur.
Marhuma bugun soat 12:20 da Do‘rmon ijod uyi 19-dala hovlidan chiqariladi. Janoza namozi peshin vaqtida Do‘rmon masjidida o‘qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etgandi.
LiveBarchasi