Kamola Xarrisning ilk xorijiy safari muvaffaqiyatsizlik bilan boshlandi
Olam
−
07 iyun 2021
14554AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarrisning ilk xorijiy safari kutilmagan muvaffaqiyatsizlik bilan boshlandi. Xarris lavozimda ish boshlaganidan keyingi ilk xorijiy tashrifini Gvatemala va Meksikaga amalga oshirishi kerak edi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, uning samolyoti 6 iyun kuni jo‘nab ketganidan yarim soat o‘tgach Merilend shtatidagi Endryus harbiy bazasiga qaytishga majbur bo‘lgan. Xarris vakilining so‘zlariga ko‘ra, qo‘nishga samolyotning texnik nosozligi sabab bo‘lgan.
“Bu texnik masala. Xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘q”, degan vitse-prezidentning Matbuot kotibi Simona Sanders.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vitse-prezident o‘z sayohatini boshqa samolyotda davom ettirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 7 va 8 iyun kunlari Kamola Xarris Meksika va Gvatemalaga tashrif buyuradi. Vitse-prezident sifatida birinchi chet el safari doirasida u AQSH-Meksika chegarasi orqali Amerikaga ommaviy emigratsiya muammosini muhokama qilmoqchi.
LiveBarchasi