Kamola Harris Trampga yetib olmoqda
Olam
−
06 noyabr
80742024 yil AQSHdagi prezidentlik saylovlarida demokrat Kamola Harris respublikachi Donald Trampga yetib olmoqda. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
Nashr statistikasiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:15 da Kamola Harris 47,6 % (58,189,071 ta), Donald Tramp esa 51,1% (62,503,007 ) ovozga ega bo‘lgan.
Hozircha ovoz berishda ikkilanayotgan 7 ta shtatning biri – Shimoliy Karolina ham Trampga ovoz berdi. Qolgan oltita shtat esa bir qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, AQSH prezidenti saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi. Amerikaning 50 shtatlarining har birida, shuningdek, Kolumbiya okrugida ma’lum miqdordagi saylovchilar kollegiyasi bor. Ularning soni aholi soniga bog‘liq. Nomzod xalq ovozini yo‘qotib qo‘yishi va Saylov kollegiyasining ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritishi va prezident bo‘lishi mumkin. Bu AQSH tarixida besh marta, jumladan, Donald Trampning 2016 yildagi g‘alabasida ham sodir bo‘lgan.
Ko‘pgina hollarda, shtatda eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod avtomatik ravishda barcha saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ammo ikkita istisno mavjud: Nebraska va Men. Nebraska respublikachilarga ko‘p ovoz beradi, ammo demokratik nomzod, vitse-prezident Kamola Harris u yerda kamida bitta saylovchilar kollegiyasi ovozini olish imkoniyatiga ega. Bu ikkala shtatda ham saylovda ovozlar bo‘linishi mumkin.
Saylovda g‘alaba qozonish uchun mutlaq ko‘pchilik — kamida 270 saylovchilar ovozi kerak. Agar nomzodlarning hech biri kerakli songa yetmasa, prezident AQSH Kongressi Vakillar palatasi tomonidan, vitse-prezident esa Senat tomonidan saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jorjiya shtatida Toshkent vaqti bilan soat 7:00 holatiga ko‘ra, Donald Trampga 55,2 foiz, Kamola Harrisga 47,2 foiz saylovchilar ovoz bergandi. Shimoliy Karolinada – Tramp uchun 53,9 foiz, Harris uchun 45,1 foiz. Pensilvaniyada 67,3 foiz saylovchilar Harrisni, 31,9 foizi Trampni, Michiganda 54,8 foizi Harrisni, 43,2 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr