Kamilla Rahimova Ostin 125 turnirini g‘alaba bilan boshladi

Sport

−

image

Bugun, 10 mart kuni AQSHning Ostin shahrida “Chellenjer” turkumiga kiruvchi WTA 125 turnirda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ishtirokini boshladi.  

Dastlabki turda Rahimova niderlandiyalik Lamens Syuzanga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 31 daqiqa davom etgan bahsda Kamilla raqibasini uch set natijasiga ko‘ra,  5/7, 6/1, 6/4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Bahs davomida Rahimova 1 eys zarbasini amalga oshirgan bo‘lsa, Syuzan esa 2 ta eys va 11 ta xo‘shxato amalga oshirdi.    

Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo‘lib turibdi, 26 yoshli Lamens esa WTA reytingida 113-o‘rinni band etgan. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimovaning 1/8 finaldagi raqibasi bugun 10 mart kuni aniq bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 mart kuni Kamilla Rahimova AQSHning Indian-Uells shahridagi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda dunyoning 4 raketkasi Koko Gauffga qarshi kortga chiqqandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing