“Kamchiq”dagi mudhish YTHda to‘rt kishi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 iyul kuni “Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda to‘rt kishi vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

YTH 21 iyul soat 00:05 larda A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 222-kilometrida yuz bergan. Vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib borayotgan MAN rusumli yoqilg‘i tashuvchi yuk avtomashinasi, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Damas avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda hodisa joyida yong‘in yuzaga kelib, transport vositalari yonib zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lgan hududda Nexia avtomashinasiga ham texnik shikast yetgan.

Hodisada to‘rt kishi vafot etgan. MAN va Damas haydovchilari voqea joyida, har ikki avtomobilning bittadan yo‘lovchisi esa kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilganda ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, bugun kunduzi jon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in

Baholaganlar

674

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing