Kamchatkada o‘zbekistonlik erkak 2 yoshli bolasini kaltaklashda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Kamchatkada 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ikki yoshli bolasini kaltaklashda ayblanmoqda. Bu haqda “EADaily” xabar berdi. 

Yelizovskiy tuman sudi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik erkak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi (ruhiy buzilishga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jinoyatchiga nochor ahvoli ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganga nisbatan kuch ishlatish) bo‘yicha ayblangan.

Ish materiallariga ko‘ra, o‘tgan yilning sentyabr oyida erkak xotini uydan chiqib ketganidan norozi bo‘lgan. U bolasi bilan yolg‘iz qolgan va chaqaloq uyg‘onib, yig‘lay boshlagan. Bundan jahli chiqqan erkak esa bolaning boshi va tanasiga bir necha marta urgan.

Keyinchalik mutaxassislar kaltaklash oqibatida chaqaloqda nevrotik, stress bilan bog‘liq kasallik paydo bo‘lganini aniqlagan va bu sog‘liq uchun jiddiy zarar sifatida tasniflangan.

Sudning qayd etishicha, ayblanuvchi sud jarayonigacha hibsda bo‘ladi. Agar erkak aybdor deb topilsa, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Magadan viloyatida 37 yoshli o‘zbekistonlik erkak 18 yoshli qizni zo‘rlashda gumon qilinib, hibsga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Kamchatka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing