Kamchatkada O‘zbekiston fuqarosi tanishini o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
02 Noyabr 2020 9235 1 daqiqa
Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatka shahrida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ehtiyotsizlik tufayli odam o‘ldirib qo‘yganlikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joriy yilning 27 oktyabr kuni kechqurun, Ust-Bolsheretsk viloyatida qurilayotgan uyda sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi 25 yoshli tanishi bilan janjallashib qolgan. Nizo oqibatida u tanishining ko‘kragiga pichoq bilan urgan.
So‘ng u jinoyat izlarini yashirish maqsadida uy yaqinidagi daryoga pichoqni tashlab yuborgan.
Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olgani oqibatida qisqa vaqtdan so‘ng Ust-Bolsheretsk viloyati shifoxonasida vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4-qismi bilan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi ilgari sudlanmagan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr