Kamchatkada qariyb 7 balli zilzila yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 3 aprel kuni Kamchatkada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Kamchatka bo‘limi xabar berdi.

Bo‘lim direktori Danila Chebrovning so‘zlariga ko‘ra, zilzila shahardan taxminan 64 km uzoqlikda sodir bo‘lgan, yer silkinishi chuqurligi 100 km atrofida bo‘lgan.

Yerosti silkinishlari Petropavlovsk-Kamchatskiyda ham sezilgan.

“Kam 24” nashrining aniqlik kiritishicha, binolarning qattiq silkinishiga ikkita yer qimirlashi sabab bo‘lgan.

“Ikkinchisi taxminan 40 soniya davom etdi. Petropavlovsk-Kamchatskiy aholisiga ko‘ra, ayrim uylarda yoriqlar paydo bo‘lgan”, deydi Chebrov.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Kamchatka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing