Kamchatkada 7,2 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Olam

image
Diqqat, ZILZILA! Yer qimirlaganda nima qilish kerak? north_east

Diqqat, ZILZILA! Yer qimirlaganda nima qilish kerak?

Tinch okeanidagi Kamchatka yarimoroli qirg‘oqlarida bir qator kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

6,7 magnitudali birinchi kuchli silkinish Rossiya Fanlar akademiyasining Geofizika xizmati tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 18:28 da qayd etilgan. Biroz vaqt o‘tgach, mahalliy vaqt bilan soat 18:48 da 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Taxminan 20 daqiqadan so‘ng yana 6,7 magnitudali zilzila kuzatildi.

Uchala zilzila ham Petropavlovsk-Kamchatskiydan 160-169 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Har uchala zilzilaning manbai besh kilometr chuqurlikda joylashgan.

Dastlab Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmatining Kamchatka bo‘limi zilzilalardan birining maksimal magnitudasi 7,6 ni tashkil etganini ma’lum qilgandi, biroq keyin mutaxassislar bu ma’lumotlarga aniqlik kiritdi – hozir esa ular 7,2 magnitudani qayd etmoqda. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha bo‘limining ma’lum qilishicha, zilzilalardan birining magnitudasi 7,6 ballni tashkil qilgan. Shu bilan birga, AQSH Geologiya xizmati veb-saytida Kamchatka qirg‘oqlarida maksimal 7,4 magnitudali bir necha zilzila sodir bo‘lgani aytiladi.

Keyingi soatlarda seysmologlar magnitudasi 4,2 dan 6,3 gacha bo‘lgan o‘ndan ortiq yerosti silkinishlarini qayd etishdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, zilzila paytida uylar kuchli silkingan, xonadonlarga mebellar tushib ketgan. Baza xabariga ko‘ra , dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Kamchatkadagi bir qancha aholi punktlarida sunami xavfi e’lon qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lqinlarning balandligi 60 santimetrga yetishi mumkin.

“Sohilga yetib borishi mumkin bo‘lgan to‘lqinlarning balandligi katta emas. Lekin qirg‘oqdan uzoqlashish kerak. Hech qanday holatda qirg‘oqqa borib, sunamini tomosha qilishga urinmang. Bu xavfli bo‘lishi mumkin!” deyiladi vazirlik xabarida.

Viloyat gubernatori Vladimir Solodov o‘zining Telegram-kanalida birinchi to‘lqin kelishi vaqti o‘tgani haqida ma’lum qildi. Uning yozishicha, hech bir aholi punktida sunami kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Kamchatka tsunami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing