Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Jamiyat
−
11 aprel 2023
10895Nozim Baxtiyorovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Nozim Xusanov 2022 yili Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Bunga qadar u 2019 yil 12 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Nozim Husanov 2016 yilda Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017 yildan Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2018 yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimlarida ham ishlagan.
LiveBarchasi