Kambag‘al oilalarga biriktirilgan ming nafar rahbar natija ko‘rsata olmadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini ko‘paytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdarg‘om, Chortoq  va Denov tumanlarida qoniqarsiz. Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir mas’ulga aniq vazifa belgilash topshirildi.

Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy ob’ekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi. Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash topshirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi yig‘ilishda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl, UNICEF vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kambag'al oilalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing