Kaltak o‘rnida qurol. AQSHda o‘qituvchilar talabalardan himoyalanish uchun qurollanmoqchi
Olam
−
01 iyun 2023
4101Amerika Qo‘shma Shtatlarida 550 mingdan ortiq o‘qituvchilar o‘zlarini o‘quvchilardan himoya qilish uchun qurolga ega bo‘lish istagini bildirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, amerikalik pedagoglar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari mamlakatdagi 550 ming respondent o‘qotar qurolga ega bo‘lish xohishi mavjudligini ko‘rsatgan. Respondentlar quroldan xavfsizlik kafolati sifatida foydalanmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Nashrning qayd etishicha, bunday fikrlarning aksariyatiga o‘qituvchilarga talabalar tomonidan bezorilik uchrayotgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari orasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish holatlari bor, shuning uchun o‘qituvchilar o‘z hayotidan xavotir oladi.
Ma’lumot uchun, AQSHda maktab jinoyati, xususan, maktabdagi otishmalar ko‘p yillar davomida dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Yiliga davlat maktablarining 79 foizi o‘g‘irlik va zo‘ravonlik kabi turli jinoyatlar haqida xabar beradi. 2017 yilda AQSH bo‘ylab maktablarda jami 1,4 million jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu 1000 o‘quvchiga 28 jinoyat to‘g‘ri kelgan degani.
LiveBarchasi