Kalishda qurut tayyorlaganlar kimligi aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda qurut tayyorlash jarayonida bir guruh ayollar suzmani oyoq kiyimda (kalish) qorayotgani aks etgan video tarqalgandi. 

Mazkur hodisa Samarqand viloyati Ishtihon tumanidagi Kallaxosa qishlog‘ida sodir bo‘lgani o‘rganildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Uy bekasining ta’kidicha, yaqinda farzand ko‘rgani tufayli suzmani qorishda qo‘lining kuchi yetmagan. Eri ham uyda emasligi sababli oyoq kiyim bilan qurut tayyorlagan.

Hodisani tasvirga olgan qo‘shnisi ancha vaqt Rossiyada ishlagani tufayli bu holatni o‘ziga qiziq deb bilgani va videoga olganini aytdi.

“Uchastkovoy” (mahalla noziri) bilan birgalikda holatni ko‘rdim. Kelin, bu videodagi sizlarmi dedim. Bo‘yniga oldi. Nima maqsadda qildingiz? Men sizlarga tushuntirgandim. Qo‘shni mahallada toza qilib tayyorlab eksport qiladigan qurutchilarimiz bor. Kuchim yetmadi, dedi. U yaqinda farzandli bo‘lgandi. Bu bahona bo‘la olmaydi. Chunki vijdon bo‘lishi kerak”, deydi mahalla raisi Shahobiddin Muhammadiyev.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari gigiyenik talablarga mos kelmaydigan sharoitda tayyorlangan ushbu qurutlarni yo‘q qilishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand qurut

Baholaganlar

1029

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing