Kaliforniyada samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor 

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtatidagi French valley aeroporti yaqinidagi dalada Cessna C550 samolyoti qulab tushdi va yonib ketdi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Samolyot kecha, 8 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:15 da Las-Vegasdan havoga ko‘tarilgan. Taxminan bir soat o‘tgach, u Los-Anjelesdan 140 km janubda halokatga uchragan. 

Parvozlarni kuzatuvchi FlighAware veb-saytidan olingan radar ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘sha paytda Las-Vegasdan French Valley’ga faqat bitta biznes-jet (yo‘lovchilar soni cheklangan, xususiy samolyot) parvoz qilgan. Bu samolyot qulashidan oldin maydon bo‘ylab aylanib chiqqan.

French Valley aeroporti joylashgan Riversayd okrugi sherifining ma’lum qilishicha, halokat joyiga kelgan rasmiylar samolyot butunlay alanga ichida qolganini aniqlagan. Bortdagi olti kishining barchasi voqea joyida halok bo‘lgan. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan fotosuratlarda aeroport qarshisidagi dalaning qoraygan qismida kichik samolyotning kuygan qoldiqlari aks etgan.

AQSH Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi halokat yuzasidan tekshiruv olib boradi.

Ma’lumot uchun, bu holat mazkur aeroport yaqinida joriy haftada sodir bo‘lgan ikkinchi halokatdir. 4 iyul kuni ham bu yerda Cessna 172 samolyoti parvoz paytida qulagan. Uchuvchi halok bo‘lgan, yana uch kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot Kaliforniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made