Kalashnikov yangi lavozimga tayinlandi

Olam

image

Aleksandr Kalashnikov Federal jazoni ijro etish xizmati (FJIEX) rahbari yetib tayinlandi, Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Moskva Davlat kuzatuv komissiyasi (MGK) rahbarining o‘rinbosari Yeva Merkachevaga ko‘ra, FJIEXning yangi direktori ilgari FQBning Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha direksiyasini boshqargan.

"Umid qilamanki, u huquq himoyachilarini dushman deb bilmaydi va ular unga tizimdagi bir qator muammolarni bartaraf etishda yordam beradi", deydi Merkacheva.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin FJIEX direktori Gennadiy Korniyenkoni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekkan edi.

Merkachevaning so‘zlariga ko‘ra, Korniyenko xizmat qilish uchun yosh chegarasidan o‘tgani sababli u o‘z lavozimini tark etgan.

Tegishli qaror shu yilning 30 sentyabr kuni qabul qilingan. Shu kuni Korniyenko 65 yoshga to‘ldi. Bu general-polkovnik unvoniga ega bo‘lgan xodim uchun penitensiar tizimda xizmat qilish uchun berilgan yosh chegarasi.

Korniyenko FJIEXni 2012 yildan beri boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Kalashnikov yangi lavozimga

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing