“Kalmar o‘yini”. Dunyoni “titratayotgan” serial ortida qanday g‘oya yashiringan?
Tahlil
−
14 Oktabr 2021
53910Tayyormisiz? Insoniyat rivojlanish evolyutsiyasida jamiyat tushunchalarini ideal tarzda ochib bera olgan, ko‘plab kinomanlarning aqlini shoshirgan serial "Kalmar o‘yni" haqida gaplashamiz.
“Kalmar o‘yini” (Squid game) 90 foiz kinomanlar e’tiborini tortgan va davomini kutishga majbur qilgan serial. Xo‘sh, ushbu serialning afzalliklari nimada? Nega u atigi 25 kun davomida eng mashhur, eng ko‘p ko‘rilgan seriallar reytingida birinchilikni qo‘lga kiritdi?
“Kalmar o‘yini” seriali Janubiy koreyalik kinorejissyor Xvan Don Xyok tomonidan ishlangan bo‘lib, uning premerasi joriy yilning 17 sentyabr kuni Netflix platformasida bo‘lib o‘tdi. Bor-yo‘g‘i 25 kun davomida esa 111 milliondan ortiq tomosha qilindi va dunyoning 94 davlatida top-10 talikda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Serial mazmuni
Bo‘ynigacha qarzga botgan va hayotdagi qiyinchiliklardan zada bo‘lgan insonlar bir maydonda yig‘ilishadi. Ularga oltita bolalar o‘yinini o‘ynash va katta miqdorda pul yutib olish taklifi beriladi. Beriladigan pul miqdori ham yuqori, muvafaqqiyatsizlarni esa o‘lishi muqarrar.
Muvafaqqiyatli rejissyor va shoumen Xvan Dong Xyuk tomonidan olingan serialni tomosha qilish uchun sabablar ko‘p.
O‘yin ichidagi o‘yin
Ushbu serialga o‘xshash syujetni “Kaydzi” animesida ko‘rish mumkin. U yerda ham bosh qahramon o‘lim o‘yinlari orqali qarzlarini to‘lashga harakat qiladi. Biroq, aytish mumkinki, Xvan voqealar rivoji bo‘yicha ancha oldinlab ketgan va na yaxshi, na yomon bo‘lgan shunchaki hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan insonlar taqdirini yoritib bergan.
456 kishi o‘z jonlari evaziga o‘lim o‘yinlarini ixtiyoriy ravishda o‘ynashadi. Ular o‘z qarzlarini to‘lash, shuningdek yaqinlari taqdiri uchun shunga rozi bo‘lishgan. Ishtirokchilarga o‘yin halol tarzda o‘ynalishi bir necha marotaba uqtiriladi va demokratik tarzda o‘ynalishini aytib, o‘z shartlari tushirilgan qog‘ozga imzo chekishlarini ishtirokchilardan so‘raladi. Biroq, shunda ham o‘yin shartlarini qabul qilish, hujjatga imzo chekishga majburlanmaydi.
Hattoki, agar ko‘pchilik o‘yinni o‘ynashga qarshi bo‘lsa, u tugatilishi ham mumkin bo‘ladi. Xuddi shunday holat birinchi o‘yindan keyin sodir bo‘ladi. Biroq o‘yin ishtirokchilari qarzlari, muammolari to‘la hayotlariga qaytib, afsuslanishadi va o‘yinni qayta davom ettirishga qaror qilishadi. Ularda haqiqiy hayotda hech narsaga erisha olmasliklari, o‘yinda esa hech bo‘lmaganda, g‘alaba qozonish va pul ishlashga imkoniyati bor degan fikr paydo bo‘ladi.
“Qotib qolgan” jamiyat
Dastlab o‘yinchilar bir-biriga nisbatan hushmuomala bo‘lishadi. Aytish mumkinki, tahdidlarga qarshi chiqish, shuningdek birgalikda g‘alaba qozonish niyatida bo‘lishadi. Ammo asosiy narsa shundaki, umumiy fond ishtirokchilar vafotidan keyin shakllanadi. Ya’ni qancha ko‘p odam o‘lsa, shuncha ko‘p pul billur sharga yig‘iladi. Har bir o‘lgan ishtirokchiga esa 100 million von beriladi.
Shar esa har doim umumiy xona shiftida osilib turadi va ichidagi pullar ishtirokchilarni o‘ziga jalb qiladi. Vaqt o‘tgani sari ishtirokchilar kuchliroq jamoani yig‘ishga harakat qilib, guruhlarga bo‘linishni boshlaydi. Kimdir chetda qolib ketadi, kimdir esa g‘alaba qozonish niyatida kuchli jamoalarga o‘tib ketadi.
“Kalmar o‘yini” – g‘ayriinsoniy hikoya bo‘lib, rejissyor serialda insoniyatning nozik jihatlari, ayniqsa, yomon tomonlarini katta e’tibor qaratadi.
O‘yining xavfli va qiziqarli jihatlari
Asosiy xavf shundaki, o‘yin ishtirokchilari keyingi safar kimlarni o‘lim kutayotgani-yu, qanday o‘yin o‘ynalishidan bexabar. Shu sabab ishtirokchilarda qo‘rquv juda kuchli.
Qiziqarli vizual yechim va o‘ziga xos uslub
Kostyum va niqoblar. Maskalar, huddi PlayStation logotipida bo‘lgani kabi dumaloq, uchburchak va to‘rtburchak shaklda. Shuningdek, o‘yin poligoni bolalar maydonchasi usulida qurilgan, buni hattoki Koreya shahrining miniatyura ko‘rinishi, desa ham bo‘ladi.
Serial juda zamonaviy va chiroyli suratga olingan, yorqin ranglarda namoyish etilgan bo‘lsa-da, siz uning qonli sahnalariga tayyor bo‘lishingiz kerak. Deyarli barcha sahnalar qonli, vahshiylik, zo‘ravonlik ochiqchasiga namoyish etilgan.
Haqiqiy odamlarning kichik hikoyalari
O‘yinni o‘z ixtiyori bilan o‘ynashga tayyor bo‘lgan har bir kishi o‘z tarixiga ega bo‘lgan alohida shaxs. Albatta, muallif ularning har biriga alohida to‘xtalmaydi, faqat bir nechta personajlar haqida ma’lumot beradi.
Kimdir kelajagini yaxshilash uchun, kimdir onasini uyini garovga qo‘ygani uchun va yana kimdir shavqatsiz hayot qurboniga aylangani, hayot sinovlaridan charchab, moddiy tanqislikdan to‘ygani uchun ham ushbu o‘yinga rozi bo‘ladi.
Aytish joizki, serialda demokratiya haqida bong urayotgan boshlovchilar o‘yinning asoschisi bo‘lgan boy insonlardir. Ular hayotda barcha xohlaganiga erishib kelgan. Endi esa ko‘ngilxushlik qilishlari uchun hech narsa qolmadi. Shu sabab ham “demokratiya” tarafida bo‘lgan boylar shunchaki zerikmaslik uchun “Kalmar o‘yini”ni o‘ylab topishdi. Endi esa qarzga botgan, hayotda yaxshi yashash, ko‘p pul topish uchun barcha narsaga tayyor bo‘lgan insonlarning taqdiri ularning qo‘lida.
Serial insoniyatning eng razil jihatlarini ko‘rsatgani, jamiyat dardini ochib bergani uchunmi, qisqa vaqt ichida dunyo reytinglarida birinchilikka chiqib oldi. Chunki jamiyat hali-hamon butun dunyoda tabaqalanish borligi, dunyoni qo‘lida pul o‘ynaydiganlar boshqarishini juda yaxshi tushunadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15