Kaxovka GESining portlashi ortidan uchta aholi punkti butunlay suv ostida qoldi
Olam
−
06 iyun 2023
9875Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESining vayron bo‘lishi fonida uchta aholi punkti butunlay suv ostida qoldi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan mahalliy ma’muriyat rahbari Vladimir Leontev ma’lum qildi.
“Vaziyat halokatli. Ayni paytda faqat Novokaxovsk shahridagi uchta aholi punktini suv bosgan. Infratuzilmada katta miqyosdagi vayronagarchilik kuzatilmoqda”, degan Leontev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaxovka GESining buzilishi oqibatida suv bosgan aholi punktlaridagi 900 ga yaqin kishi allaqachon evakuatsiya qilingan.
“Biz barcha odamlarni joylashtirdik va bevosita qirg‘oq zonasida bo‘lgan barcha aholini xavfsiz joyga olib chiqdik”, deydi Leontev.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘oni portlatib yuborilgandi. Kiyev va Moskva bir-birini to‘g‘onni portlatganlikda va Ukraina janubida keng ko‘lamli suv toshqiniga sabab bo‘lganlikda aybladi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini chaqirtirdi. Kengash to‘g‘on portlatilishi yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi.
LiveBarchasi