Kadastr agentligi rahbarlarining 61 foizi attestatsiyadan “yiqildi”
Jamiyat
−
05 dekabr 2020
5069O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 61 foiz rahbar xodimlari davlat attestatsiyasidan o‘ta olmadi. Bu haqda agentlik xabar berdi.
Joriy yilining noyabr oyida Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan.
Natijalar tahlil qilinganda 24 foiz attestatsiyadan o‘tgan, 15 foizi shartli o‘tgan bo‘lsa, 61 foiz rahbarlar attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi.
3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e’lon qilib boriladi.
Kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste’mol qilgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.
LiveBarchasi