Kadastr agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2020
6386O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 sentyabrdagi qarori bilan Kadastr agentligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosarliga quyidagilar:
• Otabek Validjanovich Allaberganov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib;
• To‘lqin Mansurovich Abdullayev Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari etib;
• Mirsaid Sodiqovich Mirmaqsudov Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari etib;
• Abdushukur Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari – “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Kadastr agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida tashkil etildi.
LiveBarchasi