Ka’ba atrofi ilk bor bo‘sh qoldi (foto)

Bu qiziq

image

Islom olamidagi eng muqaddas va doim odamlar bilan gavjum bo‘lib kelgan Ka’ba atrofida bugun bo‘shliq yuzaga keldi. Ushbu onlar muhrlangan suratlar esa internet tarmog‘iga yoyildi. 

Ka’ba Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidining ichida joylashgan. Ayni vaqtda bu yerda koronavirusga qarshi tozalash va dorilash ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 fevralidan e’tiboran Saudiya Arabistoni yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qator cheklovlar joriy qildi.Xususan, hukumat musulmonlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish va Madinada Nabaviy Masjidini ziyorat qilishni  vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash doirasida boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘rayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Saudiya Arabistoniga virus aniqlangan mamlakatlardan sayyohlarning kelishi ham taqiqlandi hamda viza berish tartibida ham cheklovlar bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Ka'ba

Baholaganlar

744

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing