Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga! Kim Chen In vakolatlarining bir qismini singlisiga topshirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ba’zi vakolatlarini Shimoliy Koreyaning yuqori lavozimli amaldorlariga, shu qatorda 32 yashar singlisi Kim Yo Jongga topshirdi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib “Yonhap” xabar bermoqda. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Yo Jong Pxenyanning AQSH va Janubiy Koreyaga nisbatan siyosatini o‘z qo‘liga oladi. Bundan tashqari, davlat miqyosidagi ishlarni hal etish ham uning zimmasiga yuklanadi. Bu bilan u mamlakat rahbariyatida “ikkinchi odam” maqomini olmoqda. 

Ammo u Kim Chen Inning mamlakat rahbari sifatida vorisi bo‘ladi, deyishga asos yo‘q. "KXDR yetakchisi hanuzgacha to‘liq hokimiyatni saqlab turibdi, ammo u asta-sekin topshiriladi",  deb yozmoqda BBC Janubiy Koreya razvedkasining xulosalariga iqtibos keltirib. 

Vakolatlarni taqsimlashga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi raisi Kim Dok Xun va Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Pak Bon Du mamlakat iqtisodiyotini boshqarish bilan shug‘ullanadilar. Yana ikki yuqori lavozimli mansabdor shaxslar qisman mudofaa masalalari bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. 

“Yonhap” manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat Kim Chen In boshdan kechirayotgan stressni minimallashtirishga, shuningdek Shimoliy Koreya rahbaridan "siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar" uchun javobgarlikning bir qismini olib tashlashga qaratilgan. 

Singil Kim Yo Jongning KXDR siyosiy tuzilmasidagi mavqei bir necha oylardan beri muhokama maydonining asosiy mavzusi bo‘lib kelmoqda. Shu yilning aprel oyida Kim Chen In jurnalistlar nazaridan g‘oyib bo‘ldi – u 20 kun davomida jamoatchilik oldida ko‘rinish bermadi. Keyin xalqaro ommaviy axborot vositalarida Shimoliy Koreya rahbarining jiddiy kasalligi va hatto uning o‘limi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ba’zi kuzatuvchilar, agar mish-mishlar haqiqatga aylangan bo‘lsa, unda uning singlisi KXDR rahbarining vorisi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilgan. 

Oradan biroz vaqt o‘tib, 1 may kuni Kim Chen In Pxenyan yaqinidagi Suncheon shahrida o‘g‘it ishlab chiqaradigan zavodning ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Bu orada esa Kim Yo Jong kuzatuvchilar diqqat markaziga tushdi. Chunki u Shimoliy Koreya yetakchisining barcha muhim xalqaro uchrashuvlarida – Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In, Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan muzokaralarda ishtirok etdi. 

Bungacha u Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida delegatsiya tarkibida bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Kim Yo Jong

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing