“Qo‘yliq” dehqon bozori faoliyati rasman tugatildi
Jamiyat
−
13 mart
19236“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” aksiyadorlik jamiyati, ya’ni “Qo‘yliq” dehqon bozori faoliyati rasman tugatildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining korporativ axborot yagona portalida ma’lumot e’lon qilindi.
“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” rasmiy saytida 1 mart kuni berilgan xabarga ko‘ra, 2024 yil 29 fevraldan “Qo‘yliq” dehqon bozori jamiyat aksiyadorlarining qaroriga muvofiq ixtiyoriy tugatilmoqda.
Ma’lumot uchun, poytaxt hokimligi 2021 yil dekabrda “Qo‘yliq” bozori ko‘chirilishi haqida xabar bergan. Bunda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingani bildirilgan. Mazkur e’londan so‘ng bozor buzilishidan norozi odamlar ko‘chaga chiqqan, turli nizolar yuz bergan. Keyin bozor “Qo‘yliq”dan 6,5 kilometr uzoqlikda joylashgan boshqa bir savdo majmuasiga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi.