Qo‘yliqdagi qurilish mollari saqlangan konteynerda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
17 yanvar
5624Bugun, 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq ko‘chasida joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
4 ta yong‘in qutqaruv ekipaji soat 17:27 da yong‘in bo‘layotgan joyga yetib borgan. Soat 17:44 da yong‘in o‘rab olinib, 17:54 da batamom o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida hamda Sergeli tumanidagi do‘konlarda yong‘in chiqqandi.
LiveBarchasi