Toshkentda quvur yorilishidan 3 kishi jarohat oldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi yerosti suv quvuri portlagani xabar qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10 iyul kuni Farobiy ko‘chasidan o‘tgan D-800 millimetrli issiqlik ta’minoti quvurida bosim ostida suv quvurining yorilishi hodisasi sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.

Hozirda issiqlik suv quvuridagi ushbu hodisa kommunal-texnik avariya-tiklash brigadasi kuch va vositalari bilan bartaraf etilib, nosozlik oqibatlarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, SSB va kommunal soha tashkilotlari mas’ullari hamda kuch va vositalari jalb qilingan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonga olib borishga ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Nexia-2 rusumidagi yengil avtomashina metan yoqilg‘isi bilan to‘ldirilayotgan vaqtda portlab ketgandi. Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shayxontohur Quvur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing