Toshkentda yerosti quvuri portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
10 iyul 2025 21491 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi yer ostidan o‘tgan suv quvurlaridan biri portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:00 larda Shayxontohur tumani Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm suv quvirida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot kelib tushmagan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr