Quvaytning yangi valiahd shahzodasi qasamyod qildi
Olam
−
03 iyun 2024
3885Quvaytning yangi valiahd shahzodasi Saboh Xolid Al-Hamed as-Saboh Quvayt Amiri Shayx Mish’al al Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘rinbosari sifatida qasamyod qildi. Bu haqda KUNA agentligi xabar berdi.
Saboh Xolid Al-Hamed as-Saboh Konstitutsiya uchun qasamyod qilish marosimi uchun Seyf saroyida amir Mish’al tomonidan qabul qilindi.
Amir Mish’al tomonidan chiqarilgan farmonga ko‘ra, Saboh Xolid al-Hamed as-Saboh mamlakatning yangi valiahd shahzodasi va “amir o‘rinbosari” etib tayinlandi.
Sabohning yangi tayinlangan valiahd shahzodasi 2019 yil 19 noyabrdan 2022 yil 24 iyulgacha Bosh vazir lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar