Qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi 7 ish kunida qaytariladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 may куни Vazirlar Mahkamasining "Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum қилинди.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi ariza olingan vaqtdan 7 ish kunida qaytariladi. Ilgari bu muddat 15 ish kunini tashkil etgan.

Arizaga endilikda soliqлар va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi, soliq hisoboti bo‘yicha QQS hisob-kitobi va ilgari  QQSning ortiqcha summasi qaytarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilish talab etilmaydi.

Arizaga endilikda tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi to‘g‘risida ma’lumot ilova qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

7

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing