2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2019
5625Joriy yilning 31 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarini ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
• 2019 yil 1 iyundan faoliyatini byudjet hisobidan olib bormaydigan va tejamkor bo‘lmagan qozon agregatlarni almashtirmagan tashkilotlarga tabiiy gaz uchun haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tariflarga nisbatan oshirilgan koeffitsiyent 2,0 dan 1,2 gacha kamaytiriladi;
• quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan suv ta’minoti tashkilotlariga elektr uchun tabaqalashtirilgan hisob-kitoblar tatbiq etilmaydi;
• umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr uchun haq maishiy iste’molchilarga belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi;
• idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va oilaviy korxonalar, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonlarga maishiy iste’molchilarga belgilangan elektr energiyasi tarifi qo‘llaniladi;
• mazkur qaror kuchga kirgunicha elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun avans to‘langan bo‘lsa, iste’molchilar (aholidan tashqari) tarif o‘zgarganda to‘lov qilingan kundan keyingi 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi (ilgari bu muddat 1 oy edi).
Hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi qarorida belgilangan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlarning 2019 yil 1 iyundan oshishi bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.
LiveBarchasi