Qo‘shiqchi Beyonse milliarderga aylandi
Madaniyat-san’at
−
01 yanvar 4760 1 daqiqa
Amerikalik pop-qo‘shiqchi Beyonse Noulz-Karter boyligi 1 milliard dollardan oshgan beshinchi musiqachiga aylandi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Beyonsening 2023 yilda “Renaissance” albomini qo‘llab-quvvatlash doirasida o‘tkazilgan xalqaro gastrol safari qariyb 600 million dollar daromad keltirgan. 2025 yilda kantri yo‘nalishidagi “Cowboy Carter” albomi bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi tur esa chiptalar savdosidan 400 million dollardan ortiq, konsertlardagi suvenir mahsulotlar savdosidan esa yana 50 million dollar foyda olib kelgan.
Beyonse, shuningdek, o‘zining “Cécred” soch parvarishi brendi, “SirDavis” viskisi va 2024 yilda faoliyatini to‘xtatgan “Ivy Park” kiyimlar liniyasidan ham daromad oladi. Shunga qaramay, uning shaxsiy boyligining asosiy qismi musiqiy faoliyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dollarlik milliarderlar qatoriga uning turmush o‘rtog‘i – reper Jay-Z, qo‘shiqchilar Teylor Svift va Rianna, shuningdek Bryus Springstin ham kiradi. Umuman olganda, “Forbes” milliarderlar ro‘yxatida ko‘ngilochar soha vakili bo‘lgan 22 nafar san’atkor bor.
Live
Barchasi