Qurolli Kuchlar qo‘shini Toshkentni dezinfeksiya qilishga kirishdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epedimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotning maqsadi respublikadagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi, salomatligini ta’minlashdir.

Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda askarlar 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli uskunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirgan. Ta’kidlanishicha, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois fezinfeksiya jarayonida ushbu aralashmadan keng foydalanilmoqda.

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida askarlar Yunusobod, Eski Juva, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirgan. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakat bo‘ylab davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi. Hozirgacha koronavirus aniqlangan ikki kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing