Qurolga ruxsatnoma olish uchun to‘lov miqdori ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasiga doir ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun yig‘im miqdorlari tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat bilan qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibida belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, yig‘im miqdorlari quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:







Qayd etilishicha, ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va uning dublikati berilganligi uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.

Qaror va unga ilova qilingan Nizomning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qurol ruxsatnoma yig'im

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing