Qo‘rqinchli yo‘llar: 4 oyda necha kishi YTHlarda o‘lgani aytildi
Jamiyat
−
21 may 2021
7793Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 2242 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. YTHlar natijasida 557 kishi halok bo‘ldi, yana 1684 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyatlar kesimida eng ko‘p YTH Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan — 328 ta (birinchi chorakda — 210 ta). Toshkent viloyatida — 307 ta (208 ta) hamda Toshkent shahrida — 286 ta (170 ta) avariya qayd etilgan.
O‘tgan 4 oyda 938 ta (birinchi chorakda — 620 ta) avariya piyodalar, 146 tasi (162 ta) velosipedchilar, 243 tasi (95 ta) bolalar va 12 tasi (10 ta) mototsikl haydovchilari ishtirokida sodir bo‘ldi.
Avariyalar tezlikni oshirish (32,4 foiz), piyodalar o‘tish yo‘laklari yo‘qligi sababli belgilanmagan joydan o‘tish (16,2 foiz), ustuvor huquqqa ega transport vositasini o‘tkazib yubormaslik (11,6 foiz), qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish (9,3 foiz) kabi omillar sabab yuz bergan.
Shu bilan birga, 4 foiz avariya yo‘l harakatini noto‘g‘ri tashkil etish va yo‘llardagi nosozliklar, yana 4,1 foizi esa veloyo‘laklar bo‘lmagan joylarda ularni urib yuborish kabi holatlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Qolaversa, haydovchilarning tajribasizligi barcha avariyalarning 5,9 foiziga sabab bo‘lgan bo‘lsa, rulda uxlab qolish 5,5 foiz, avtomobilni mast holatda boshqarish 3,1 foiz YTHga olib kelgan. Boshqa sabablar bilan bog‘liq holatlar esa 7,9 foizni tashkil etgan.