Qurilishda o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Moskva viloyati Lyuberetsy tumani hududidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosi X.B.ning jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyaning elchixonasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixona 2 oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MCHJning ob’ektlaridan birida devor qulashi natijasida o‘zbekistonlik vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot olgan.

Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilib, bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib bordi hamda marhumning jasadi ob’ektdan 5 km uzoqlikdan topildi. Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda. 

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi hamda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kastroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Oryol oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva o'zbekistonlik

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing