Qurilish vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Sariosiyo tumani hokimi O‘ktam To‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik. Uning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi.

O‘ktam To‘rayev Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanmoqda. U bu lavozimda boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan Erkin Iskandarov o‘rniga tayinlandi.

O‘ktam To‘rayev 1979 yilning 25 oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U 2017 yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yildan buyon Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qurilish vazirligi O'ktam To'raev

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing