Qurilish vaziri lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bildirilishicha, qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga o‘sib, 80 trillion so‘mga yetgan. Shunday bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanadigan vaqt kelgani ta’kidlandi.

Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bog‘liq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga ta’sir qilishi qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, bu boradagi jarayonlar takomillashtirilib, tadbirkorlar uchun sharoitlar yaxshilansa, qurilish materiallari, eltexsanoat, ipoteka xizmatlari kabi yondosh sohalar rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Botir Zokirov Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing