Sulaymoniy hamon ko‘milmadi, qurbonlar esa 40 nafarga yetdi
Olam
−
07 yanvar 2020
12397Avvalroq, Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” rahbari general Qosim Sulaymoniyning janozasida 30 kishi halok bo‘lgani, 190 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik.
Qurbonlar soni 40 nafarga yetdi. Jarohatlangan esa 213 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda “Fars” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qosim Sulaymoniy hamon dafn etilgani yo‘q. Bunga janoza kuni maydonga yuz minglab odamlar to‘planib, ommaviy tartibsizlik kelib chiqqani sabab bo‘lgan. Rasmiy Tehron hozircha janoza qachon o‘tishi ma’lum qilganicha yo‘q.
LiveBarchasi