Jarqo‘rg‘onda IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi
Jamiyat
−
05 may 2021
13803Ijtimoiy tarmoqlarda Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 3 may kuni soat 08:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani, “Markaziy Surxon” mahallasida yashagan, R.S. yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida hodisa joyidan 1 dona 1,5 metr uzunlikdagi arqon xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Qumqo‘rg‘on tuman sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasida marhum R.S.ning o‘limiga “yuqori nafas yo‘llarining siqilishi, mexanik asfiksiya, sirtmoqqa osilish” kabi tan jarohatlar sabab bo‘lganligi, uning badanida boshqa tan jarohatlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.
Marhum R.S. 1975 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, muqaddam Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, pensiya olish huquqini beradigan bildirgisi asosida 2021 yilning yanvar oyida ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.
R.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi