Qum bo‘ronda qaysi hududlar havosi eng ko‘p ifloslagani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 noyabr 2021
12528Joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonda shamol ta’sirida tuproqning yuqori qurigan ustki qatlami ko‘tarilib, changli tumanni yuzaga keltirdi. Atmosfera havosida changning miqdori keskin o‘sdi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4 noyabrda havoda chang miqdori bo‘yicha maksimal ahamiyatlilik: Guliston, Olmaliq shahrida 20 REM, Chirchiq-26 REM, Toshkent-33 REM, Bekobod-18 REM, Angren-8 REM, Buhoro shahri-14 REM, Navoiy shahri-8 REM, Samarqand – 4 REM, Sariosiyo, Namangan, Urganch, Farg‘ona, Qo‘qonda tahminan 2 REM bo‘ldi.
5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va 2 dan 8 REM darajasigacha yetdi.
“Tungi soatlarda atmosferaning quyi qatlamlarida hosil bo‘lgan iversion to‘xtatuvchi qatlam natijasida yerning ustki qatlamida havoning past darajasi changning tarqalishiga to‘sqinlik qildi”, deyiladi xabarda.
8 noyabr kunduz kuni Respublikada atmosfera havosi ifloslanishi faqat ayrim shaharlarda ruxsat etilgan ahamiyatlilikdan yuqori bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi.
Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.
“O‘zgidromet” kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.
LiveBarchasi