Qo‘lni yuvishni hatto “Google” ham tavsiya qilyapti

Olam

image

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ayni vaqtda butun dunyoni tashvishga solmoqda. Biroq, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilayotgan tavsiyalarga amal qilinsa, ushbu virusdan oson qutulish mumkin. Buning eng asosiy shartlaridan biri esa qo‘l berib so‘rashmaslik, qo‘llarimizni tez-tez sovun bilan yuvib turish. 

Buni nafaqat odamlar, hatto, Google ham inobatga olyapti. Internet tarmog‘ining eng yirik qidiruv tizimi Google internet foydalanuvchilariga qo‘l berib salomlashmaslik va qo‘lni doim yuvib yurishni eslatmoqda. Bugundan e’tiboran Google’ning asosiy sahifasida ikki qoidani eslatuvchi surat paydo bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida 246 821 kishi ushbu virusni yuqtirib oldi. Ulardan 10 064 kishi vafot etdi. 88 493 kishi esa sog‘ayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Google COVID-19

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing