Qo‘llari yo‘q nogiron qiz zo‘rlandi
Olam
−
24 may 55411 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida birinchi guruh nogiron qiz zo‘rlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Joriy yilning 22 may kuni taxminan soat 02:00 larda 102 xizmatiga fuqaro A.J. uning 21 yoshli qizi noma’lum yigit tomonidan zo‘rlanganini ma’lum qilgan. Voqea joyiga Lenin tumani rahbariyati va prokuraturasi yetib borgan.
Xabarga ko‘ra, turar-joy massivlaridan birida qizning dugonasi uni aldab mashinaga mindirgan. Mashinadagi yigit esa uni zo‘rlagan. Manbalarga ko‘ra, qizning ikkala qo‘li ham yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan surishtiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 21 yoshli gumonlanuvchi ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, jabrlanuvchiga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Live
Barchasi