Qo‘lingni cho‘zma, ur — To‘ra Bobolov MMA jangida muxlislik qilgani aks etgan video tarqaldi
Jamiyat
−
30 may 2021
41317Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov MMA jangini oktagon oldidan kuzatayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda viloyat hokimi jangchilardan biriga raqibini qanday yengio‘ni o‘rgatayotganini ko‘rish mumkin.
“Qo‘lingni cho‘zma, ur. Yana-yana tizzang bilan”, deb o‘rgatgan hokim Bobolov.
Viloyat rahbari o‘zi muxlislik qilayotgan sportchi g‘alaba qozongach, xursandchiligini yashirmagan holda o‘z o‘rniga o‘tirgan.
Bu video qachon va qayerda olingani borasida aniq ma’lumot yo‘q. Viloyat hokimligi ham bu videoga hozircha munosabat bildirmadi. Ammo videodagi bannerlarda O‘zbekiston gerbi tushirilganiga qaraganda, viloyatda aralash jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr