Qo‘liga pistolet olib, “gop-stop”ga chiqqan uchovlon qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda ichki ishlar xodimlari “gop-stop” (yo‘lto‘sarlik, bosqinchilik – tahr.)ga chiqqan uch kishini qo‘lga oldi. Ularning yonidan pnevmatik to‘pponcha, bir dona elektroshoker qurilmasi topilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Gap shundaki, joriy yilning 25 dekabr kuni soat 16:30 larda Chiroqchi tumani “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo‘li chetida 27 yoshli U.L. Matiz rusumli avtomashinasida tanishi bilan gaplashib o‘tirganida, ularning yoniga Nexia-2 rusumli avtomashina kelib to‘xtaydi. Ushbu avtomashinadan uch nafar noma’lum shaxslar tushib, “yordam kerak emasmi, sizni bir daqiqaga mumkinmi, gapimiz bor”, deb uni o‘zlarining avtomashinasiga mindiradilar. So‘ng uni “pistolet”, “elektroshoker” qurilmasi va chopqi pichog‘i bilan qo‘rqitib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uning yonida bo‘lgan 1 million 820 ming so‘m, 701 AQSH dollari pullarini, bir dona narxi 2,5 mln so‘mlik Samsung A22, bir dona 700 ming so‘mlik iPhone 5s rusumli telefoni, avtomashinasiga o‘rnatilgan bir dona narxi 100 AQSH dollari bo‘lgan T99 rusumli videoregistratori, bir dona narxi 70 ming so‘mlik 8Gb fleshkasini va ikki dona narxi 10 ming so‘mlik o‘t oldirgich (zajigalka)ni tortib olib hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida ushbu jinoyatni 20 yoshli J.E., 21 yoshli R.O. va 24 yoshli A.S. sodir etgani aniqlanib, ulardan bir dona pnevmatik to‘pponcha (o‘qlari va gaz balonchalari bilan), bir dona elektroshoker qurilmasi, bir dona T99 rusumli videoregistrator, bir dona Samsung A22 va bir dona iPhone 5s rusumli telefon apparatlari, 1 million 196 ming so‘m pullar, bir dona ryukzak sumka hamda bir juft qo‘lqop ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.E., R.O. va A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat bosqinchilik

Baholaganlar

380

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing