“Qo‘qonlik tabib”ning “tan soqchilari” javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
14 fevral 2024
44501Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qonlik tabib” nomi bilan tanilgan shaxs odamlarni “kuf-suf” qilib davolayotgani, hatto uning shaxsiy qo‘riqchilari borligi haqida videoxabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, “Qo‘qonlik tabib” nomi bilan tanilgan Iqboljon Soliyevning faoliyati yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari tayinlangan.
Qayd etish kerakki, tarmoqlarda tarqalgan videolarda uni maxsus harbiy kiyimdagi 4 nafar “tan soqchi”lari qo‘riqlayotganini ko‘rish mumkin.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.
LiveBarchasi