Qo‘qondagi do‘konga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 27 aprel kuni soat 08:54 da Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar “Bo‘ston” MFY Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risida 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan.

Yong‘in yuzaga kelgan joyga 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 08:57 da yetib borib, yong‘in soat 09:01 da o‘rab olingan va soat 09:07 da to‘liq bartaraf etilgan.

Habarga ko‘ra yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Yong‘indan do‘konning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Beshqo‘rg‘on” bozorida katta yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing