Qo‘qondagi AYOQSHda yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yonib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Qo‘qon shahrida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida yoqilg‘i tashuvchi avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 may kuni soat 14:45 da Qo‘qon shahar Oqtosh ko‘chasida joylashgan “O‘zgazoil” AYOQSH xududida GAZ-53 yoqilg‘i tashish avtomobili (benzovoz) yoqilg‘i to‘kish vaqtida yonib ketgan.

Bir necha daqiqa ichida xodisa joyiga FVV hududiy boshqarmasining 8ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan va yoqilg‘i tashuvchi avtomobil to‘liq o‘chirilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisada jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing