Qo‘qonda yana portlash sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 25 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnadi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:47 da Farg‘ona viloyati FVBga “112” tizimi orqali Qo‘qon shahar “Bo‘ston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga yetib borgan hamda yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan.

Ayni daqiqalardagi ma’lumotga ko‘ra, tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan. Hozirda FVV qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

“Vaziyat to‘liq Farg‘ona viloyati FVB nazoratida. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlagan edi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 1 nafar fuqaro vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Farg'ona Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing