Qo‘qonda sog‘lom chinorni kesib ketganlar qamoqqa olindi

3-sahifa

image
Qasddan daraxt quritganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda north_east

Qasddan daraxt quritganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda

Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida sog‘lom chinor daraxti hech qanday asossiz kesilgani va o‘simlik dunyosiga 117 million so‘m zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edik. Chinorni kesmoqchi bo‘lgan fuqarolar qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, daraxt kesilishi borasida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab xabarlar tarqalgach, Farg‘ona viloyat prokuraturasi, Ekologiya boshqarmasi Qo‘qon shahri bo‘limi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Zilol mahallasida o‘rganish ishlari olib borilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Uchko‘prik tumanining Farovon mahallasi, Kaltasoy qishlog‘ida yashovchi ikki fuqaro ushlangan. Ular 13 fevral kuni ko‘p qavatli uylar oldida turgan chinorni qasddan shikastlagan va uni nobud qilgan.

Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan huquqbuzarlik sodir etgani sababli, ularning har biriga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (yashil zonalarda daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish yoki shikastlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyati Toyloq tumani “Xo‘jayuz” MFYda joylashgan  mahalla hovuzi atrofidagi bir tup ko‘p yillik o‘sib turgan chinor daraxti shu mahallada yashovchi fuqaro S.R. tomonidan hech bir ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda kesib tashlagani va tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazgani aniqlangandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing