Qo‘qonda qidiruvda bo‘lgan 9 nafar shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qo‘qon shahrida 9 nafar kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tamagani sababli sud tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida quyidagi:

Boymurodov Abdulaziz Shavkatjon o‘g‘li – 1998 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan;

Akramov Faxriddin Farhodjonovich – 1991 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon shahrida 2020 yil yanvar oyida “Shedevr” nomli choyxonada sodir etilgan jinoyatga aloqador;

Begmatov Muzaffar Turg‘unovich – 1974 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Muqaddam Jinoyat kodeksining 104- moddasi 1-qismi bilan sudlangan;

Kamolov Sunnatillo Ibrohimjon o‘g‘li – 2003 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan sudlangan;

A’zamjonov Orifjon Ulug‘bek o‘g‘li – 2004 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 166- moddasi 2-qismi “v” bandi bilan sudlangan;

Xalilov Umid Mashrabboyevich – 1983 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan sudlangan;

Erkinov Abdulaziz Alijon o‘g‘li – 2001 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan;

G‘aniyev Saidkamol Anvarjon o‘g‘li – 1994 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi, 168- moddasi 3-qismi bilan sudlangan;

Alimov Laziz Ahmedovich –1986 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 168- moddasi 3-qismi, 166-moddasi 2-qismi, 273-moddasi 5- qismi bilan sudlangan. 

Aytilishicha, sud tomonidan qidiruvda bo‘lgan ushbu shaxslar ushlanib, tergov hibsxonasiga yuborilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qo'qon Ichki ishlar boshqarmasi kriminogen vaziyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing